2020-yil 18-iyul kuni “O'yinlar nazariyasiga kirish” mavzusida Yozgi matematika maktabining navbatdagi onlayn darsi o'tkazildi. Unda xorijdagi matematik vatandoshlarimizdan biri Malayziyaning Putra universiteti professori G'ofurjon Ibragimov "Differentsial o'yinlarga doir dastlabki masalalar" mavzusida talabalar uchun qiziqarli bo'lgan va mazkur nazariyaning paydo bo'lishiga turtki bo'lgan Rufus Isaacs ning "Axilles va toshbaqa" masalasi haqida ma'ruza qildi.