2019-yil 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti hamkorligida yosh olimlar ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi. Unda O‘zR FA Tarix instituti, San’atshunoslik instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Arxeologik tadqiqotlar instituti yosh olimlari, doktorantlari va mustaqil tadqiqotlari ishtirok etdi.
Seminarda Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimlari X.Nazirova va O.Madalievalar “O‘zbekistonda arxeografik ekspeditsiyalar: vazifalar, muammolar va natijalar” hamda “Alisher Navoiy asarlarining dunyo bo‘ylab tarqalishi” to‘g‘risida bevosita o‘z ilmiy faoliyati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar misolida ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Ma’ruza qiziqarli bo‘ldi, yosh olimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.