“Yadro energetikasi va yadroviy texnologiyalarning hozirgi zamon muammolari” mavzusida xalqaro konferensiya oʼtkazildi

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 23-25-noyabr kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining 65 yilligi munosabati bilan “Yadro energetikasi va yadroviy texnologiyalarning hozirgi zamon muammolari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o`tkazildi.

 

Konferensiyada nafaqat respublikamiz, balki dunyoning 10 mamlakatidan 195 nafar olimlar offlayn hamda onlayn ishtirok etdilar.

Uch kun davom etgan konferensiya ishi quyidagi sho’balarda olib borildi:

☑️ Yadro fizikasi

• Yuqori energiyalar fizikasi

• Atom yadrosi strukturasi

• Yadro reaktsiyalari va yadroviy astrofizika

☑️ Yadro energetikasi  va yadro-energetik qurilmalar kelajagi

• Yadro energetikasi

• Yadro yoqilg'isi va reaktor materiallari

• Yadro-energetik qurilmalar

☑️ Kondensirlangan materiallar radiatsiyaviy fizikasi

• Strukturaviy o'zgarishlar radiatsiyaviy fizikasi 

• Qattiq va nanoo'lchamlik materiallar xossasalari modifikatsiyasining radiatsiyaviy texnologiyasi

• Nanofizika va nanomateriallar

☑️ Yadroviy texnologiyalar

• Fanda va ishlab-chiqarishda tahlilning yadro-fizik uslublari 

• Radiokimyo, radioizotoplarni ishlab chiqish va qo'llash 

• Yadroviy tibbiyot

☑️ Yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik

• Ekologiya

• Radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilish.

Ushbu konferensiyaning oʼtkazilishi fundamental va amaliy yadro fizikasining hozirgi zamondagi tendensiyalari, yadro energetikasi, yadro texnologiyalarini ishlab chiqish va qoʼllash, yadroviy tibbiyot sohalaridagi dunyo miqyosida erishilgan yutuqlar bilan keng koʼlamda tanishish imkonini yaratdi.