XXI asr intellektual yoshlar asri

Joriy yil 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Yosh olimlar kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “XXI asr intellektual yoshlar asri” mavzusida Respublika ilmiy va ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zR FA ilmiy-tadqiqot muassasalari yosh olimlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi iqtidorli izlanuvchilari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Navoiy viloyatlaridan tashrif buyurgan yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Anjuman ishida fizika-matematika va texnika, tabiiy hamda gumanitar fanlari yo‘nalishlarida olib borilayotgan  so‘nggi tadqiqotlar haqida qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.

 

Anjuman yakunida ishtirokchilar fan yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi ma’ruza”, “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” nominatsiyalari bilan taqdirlandilar.