Xorazm viloyati Ma’mun akademyasi raisi Ikrom Abdullayev, Prezident ta’lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi rahbari Sarvar Abdullayev bilan Xiva shahar 2-son maktabi o’quvchilari bilan uchrashdi.
Ikrom Abdullayev o‘z nutqida yoshlarga mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar berdi. Bundan tashqari u Xiva shahridagi Ma’mun akademiyasidagi shart sharoitlar haqida ham tushunchalar berib o‘tdi. Davra suhbati qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o’tdi va bu kabi davra suhbati va uchrashuvlar o‘quvchi yoshlarda kelajakka ishonch, maqsadlar sari to‘g‘ri yo‘nalish olishda katta yordam berishi ta‘kidlandi.
Ikrom Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi ,,Qizil kitobi” ni maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.