Ushbu monografiya O’zbekiston Milliy arxivi I-125 “Xiva xonligi devonxonasi” jamg’armasida saqlanayotgan hujjatlar asosida Qo’ng’irotlar sulolasi hukmronligi davrida Xorazm vohasi harbiy tarixi, XIX- asrda mintaqadagi siyosiy vaziyat, shuningdek, Xiva xonligi va Afg’oniston o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning ba'zi jihatlarini yoritishga bag’ishlangan. Unda olingan masalaga doir ilmiy-nazariy mulohazalar bilan birga, turkiy va forsiy hujjatlarning o’zbek tilidagi umumiy mazmuni, tarjimasi, hujjatning asl matni, lotin imlosidagi transliteratsiyasi hamda fotonusxalari keltirilgan.