“Xitoyga eltuvchi Qoraxoniy yo'llari: Xitoy-Turk munosabatlari tarixi” nomli monografiya nashr etildi

O’zR FA Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi Dilnoza Duturayevaning "QARAKHANID ROADS TO CHINA: A HISTORY OF SINO-TURKIC RELATIONS" (Xitoyga eltuvchi Qoraxoniy yo'llari: Xitoy-Turk munosabatlari tarixi) dab atalgan ilmiy monografiyasi Yevropaning eng nufuzli nashriyotlaridan biri bo'lgan Brill Academic Publisher nashriyoti tomonidan chop etildi.

Muallif  bu mavzu ustida  ko'p yillar izlanishlar olib borib,  bugungacha tadqiqotchilar e’tiboridan  chetda qolgan mavzu - Qoraxoniy davri Xitoy yozma manbalari negizida mo'gullardan oldingi turk dunyosi va uning Chin Imperiyasi bilan munosabatlari tarixiga oydinlik kiritgan. O'zbek xalqining etnik kelib chiqishida negiz o'rin egallagan Qoraxoniylar jamiyatining Xitoy ko'zi bilan qanday baholanganini tahlil qilib bergan.

Ushbu asarida muallif X-XII asrlarda Oʻrta Osiyo va Xitoy oʻrtasidagi transkontinental tarmoqlarda olib borilgan diplomatiya, savdo-sotiq va geografiyani qayta koʻrib chiqib, Tang sulolasining qulashi va mo'g'ullarning yuksalishi oʻrtasidagi davrda “Ipak yoʻli inqirozi” tushunchasiga qarshi chiqadi. Arxeologik ma'lumotlar bilan birga keng ko'lamli islom va xitoy manbalaridan foydalangan holda, muallif tomonidan keltirilgan ma’lumotlar Ipak yo'llari bo'ylab o'zaro ta'sirning murakkabligini  ko’rsatib,  Qoraxoniylar dunyosi va Sung sulolasi davridagi Xitoyning qo'shni mintaqalar bilan munosabatlari haqidagi tushunchalarimizni yanada boyitishiga xizmat qiladi.

Kitob bilan quyidagi ilova orqali tanishsish mumkin:

https://brill.com/view/title/61452?contents=toc-50344