O’zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti direktori A.A.Narimanov Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon ekologiya va geografiya institutiga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida ikki davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari o’rtasida kelgusidagi hamkorlik yo’nalishlari muhokama qilindi.
O’zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti, XFAning Shinjon ekologiya va geografiya instituti va "Zhao Feng" Irrigatsiya kompaniyasi o'rtasida qishloq xo'jaligi texnologiyalarini tarqatish bo'yicha O'zbekiston-Xitoy markazini tashkil etish to'g'risida uch tomonlama kelishuv imzolandi.