Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 12-aprel – Xalqaro kosmonavtika kuni hamda 2025-yil – Kvant yili munosabati bilan “Koinot tuzilishi va elementar zarralar” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.
Anjuman zamonaviy fizika va kosmos tadqiqotlariga bag‘ishlanib, unda yurtimizning yetuk olimlari – akademiklar Qodir G‘ulomov hamda Bobomurod Ahmedov o‘zlarining dolzarb ilmiy mavzulardagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Ilmiy-ma'rifiy tadbirda nafaqat Toshkent shahridagi OTMlar, balki zoom platformasi orqali butun respublikadagi texnika va muhandislikka ixtisoslashga oliygohlarning professor o'qituvchilari, ilmiy tadqiqotchi va talabalari qatnashdi.
Koinotning murakkab tuzilishi, elementar zarralarning tabiati, kvant fizikasi va kosmik tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari singari dolzarb mavzularni qamrab olgan uchrashuv talabalar uchun qizg'in va foydali bo'ldi.