“Uzbek Mathematical Journal” xalqaro Scopus jurnallariga ro’yxatiga kiritildi

O’zbekiston Fanlar akademiyasi I.V.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan nashr etiladigan “Uzbek Mathematical Journal” xalqaro Scopus jurnallariga ro’yxatiga kiritildi.    

           

Mazkur jurnal O’zbekistonda Scopus ro’yxatiga kiritilgan Fanlar akademiyasining uchinchi ilmiy nashri hisoblanadi. Bunga qadar Fanlar akademiyasi O’simlik moddalari kimyosi instituti muassisligida nashr etiladigan “Tabiiy birikmalar kimyosi” (Химия природных соединений) hamda Fizika-texnika instituti tomonidan nashr etiladigan “Geliotexnika” jurnallari Scopus ro’yxatidan joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida: “Uzbek Mathematical Journal” jurnalining maqsadi muhim matematik maqolalarni nashr etishdan iborat. Jurnalda matematikaning barcha yo’nalishlaridagi ilmiy yangiliklar va natijalar haqidagi maqolalar nashr etiladi.  Jurnalda chop etilgan maqolalar Mathscinet, ZentralBlatt, VINITI va EBSCO da indekslanadi. 2020-yildan beri chop qilingan barcha maqolalar Scopus ma'lumotlar bazasida mavjud.