“Turkiy adabiyot namunalari” majmuasining taqdimoti

Bugun, 22-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida “Turkiy adabiyot namunalari” 100 jildlik majmuasining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tashkil etildi.

 

Turkiy davlatlar hamkorligi kengashining 2019-yil 15-oktabr kuni Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida o’tkazilgan yettinchi sessiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Turk dunyosi adabiyotining 100 jildlik to’plamini tayyorlash taklif qilingan edi. Ushbu to’plam O’zbekiston, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon hamda tashkilotga kuzatuvchi maqomida bo’lgan Turkmaniston va Vengriyalik 11-21-asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar shoir, yozuvchi va mutafakkirlarning asarlaridan tashkil topgan.

Ushbu to’plamni tayyorlashda 200dan ortiq tarjimon, 100dan ortiq adabiyotshunoslar, yozuvchilar jalb etildi. To’plam 200 ming tirajda chop etilishi mo’ljallangan.