Xorazm viloyat turizmni rivojlantirish departamenti, Madaniy meros departamenti, Tuproqqal’a tumani hokimligi va Xorazm Ma'mun akademiyasi mutaxassislaridan iborat viloyat ishchi guruhi Tuproqqal'a tumanida yangi turizm yo'nalishlarini ochish hamda tarixiy obyektlar holatini o'rganish bo'yicha tuman hududi bo'ylab monitoring o'tkazdilar.
Ishchi guruh Tuproqqal'a yodgorligi, Toshqal'a-1, 2 karvonsaroy va ibodatxona yodgorliklari, Uch o'choq va uning atrofidagi yodgorliklar, Sartarosh va Meshekli karvonsaroylari, Xumbuztepa hamda Chingiztepa yodgorliklari – jami 12 ta obyektda bo'ldilar va mazkur yodgorliklar hamda ularning sayyohlik imkoniyatlari haqida ma'lumotlar yig’ildi.