O‘zR FA Zoologiya instituti Entomologiya laboratoriyasi katta ilmiy xodimi Allabergen Nurjanov muallifligida «Энтомопатогенные микроорганизмы прямокрылых насекомиксов» nomli monografiya chop etildi.
Ushbu monografiya To‘g‘riqanotlilar (ORTHOPTERA) ning entomopatogen mikroorganizmlarini o‘rganish va ularni amaliyotda qo‘llashga bag‘ishlangan.
Ushbu nashr Zoologiya instituti Entomologiya laboratoriyasining so‘nggi yillarda olingan ilmiy izlanishlari natijalari va adabiyotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, undagi ma’lumotlardan ekologlar, entomologlar, biologlar, oliy o‘quv yurtlarida soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.