Tibbiyot uchun mahalliy diagnostikumlar ishlab chiqarish maydoni tashkil etilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi institutida “Tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish” (in vitro diagnostika) maydoni tashkil etilmoqda.

Tibbiyot muassasalarini yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID-19 ni aniqlash uchun PZR, IFA va IXA tahlillari uchun yuqori sifatli va arzon diagnostika test to'plamlari bilan ta'minlash, OIV infeksiyasi (3-4 avlod), gepatit B va C viruslari, boshqa yuqumli kasalliklar, mahalliy diagnostika to'plamlarini seriyali ishlab chiqarish bazasini shakllantirish, eng yangi diagnostika tizimlari uchun ilmiy-ishlab chiqarish bazasini yanada rivojlantirish tashkil etilayotgan ushbu ishlab chiqarish maydonchasining maqsadi etib belgilangan.

O'zR FA O'simlik moddalari kimyosi institutida (OIV (3 va 4-avlod), gepatit B va C viruslarini, sifilis kabi turli xil infeksiyalarni aniqlashda qo'llaniladigan test to'plamlari ishlab chiqilgan, shuningdek, yaqinda biologic namunalardan virus RNKni aniqlash uchun to'plam yaratildi.

PZR (polimeraza zanjirli reaksiyasi) test to'plamlari zamonaviy diagnostika testlarida takomillashtirilgan va deyarli barcha infeksiyalarni aniqlaydi (COVID-19, OIV, gepatit B va C viruslari) va genetik mutatsiyalari bilan bog'liq kasalliklarni aniqlashga imkon beradi (insonlarda leykoz kasalligida JAK 2 mutatsiyasini aniqlash) va boshqalar.

IFA (immunoferment) test to'plamlari turli xil infeksiyalarni OIV infeksiyasi, virusli gepatit va boshqa yuqumli kasalliklar aniqlaydi.

IXA (immunoxromatografik) test sinovining soddaligi tufayli u eng tezkor va eng keng qo'llaniladi.

Aholi, donorlar va xavfli guruhdagi bemorlarda turli yuqumli va onkologik kasalliklar mavjudligini tekshirishda mazkur test to'plamlari keng qo'llaniladi.