O’zR FA Temuriylay tarixi davlat muzeyi bo’lim boshlig’i, t.f.d., professor Abdumajid Madraimovning Temuriy va Boburiylar davri miniatyura san’ati rivojiga oid sara tadqiqotlari hamda uch risolasi jamlangan monografiyasi nashr etildi.
Ushbu ilmiy izlanishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad Temuriylar davri buyuk shaxslari, jumladan, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Boysung‘ur Mirzo, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Boburlarning xattotlik, kitobat va miniatyura san’atiga munosabatini o‘rganishdan va bu san’at atoqli namoyondalari faoliyatini o‘sha davrdan yetib kelgan noyob namunalar, ilmiy adabiyotlardagi yangi ma’lumotlar asosida yoritishdan iborat. Kitobda mustaqillik davriga kelib qayta tiklangan mumtoz sharq nafis san’ati - xattotlik va miniatyura an’analarining davom ettirilishi va taraqqiyotiga oid ham bir qator tadqiqotlar mavjud.
Umuman, monografiya Temuriy va Boburiylar davri miniatyura, kitobat san’ati va madaniyati tarixi bilan qiziquvchi barcha go‘zallik ixlosmandlariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin.