Xorazm Maʼmun akademiyasi arxeolog va tarixchi olimlari Qoraqalpoqiston Respublikasi hududidagi Katta Qirqqiz qalʼa yodgorligida Qoraqalpoqiston Respublikasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar instituti Аrxeologiya boʼlimi hamda Rossiya Fanlar akademiyasi olimlarining hamkorlikdagi ekspeditsiya tadqiqotlari jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Kelajakda tadqiqotlar olib borish mumkin boʼlgan istiqbolli arxeologik oʼbektlar haqida oʼzaro fikr almashdilar.