OʼzR FА Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi, isteʼdodli turkolog Аndrey Kubatin 29-oktyabr kuni 36 yoshida vafot etdi.
Аndrey Kubatin 1984-yil 9-martda Toshkent viloyati Oʼrta Chirchiq tumanida tugʼilgan. 2007-yil Oʼzbekiston Milliy universitetining “Аrxeologiya” kafedrasi magistraturasini tugatib, shu yili OʼzR FА Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim boʼlib ish boshlagan.
U keng qirrali izlanuvchi boʼlib, turkologiya, numizmatika, lingvistika va umuman Markaziy Osiyo tarixi boʼyicha qator ilmiy ishlar muallifi edi. Xususan, 2016-yilda uning “Turk xoqonligida unvonlar tizimi: kelib chiqishi va vorisiylik” nomli monografiyasi chop etilgandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Milliy arxeologiya markazi nomidan Аndrey Kubatinning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.