OʼzR FА Fizika-texnika institutida taniqli olim, mamlakatimizda geliotexnika yoʼnalishining asoschilaridan biri, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi Gʼiyos Yoqubovich Umarov xotirasiga barelefli yodgorlik taxtasi oʼrnatildi.
Gʼiyos Yoqubovich Umarov taniqli fizik olim, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, texnika fanlari doktori, professor, Oʼzbekistonda geliotexnika fanining asoschilaridan biridir.
Gʼ.Y. Umarov quyosh nurlari energiyasidan foydalanadigan geliotexnik qurilmalarni ishlab chiqish, yaratish va ulardan foydalanish boʼyicha yirik ilmiy maktab yaratgan. Gʼ.Y. Umarov boshchiligida mujassamlashtiruvchi qurilmalar va aks ettiruvchi qoplamalar yaratish nazariyasi va amaliyoti, Stirling dvigatellarining asosiy parametrlarini optimallashtirish, hamda geliomaterialshunoslik boʼyicha tadqiqotlar olib borilgan, quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlarining fizik asoslari ishlab chiqilgan.