Fizika-matematika fanlari doktori, matematik-olim, Mehnat Qahramoni (1990-y.)
О‘zbekiston Fanlar akademiyasi asoschilaridan biri, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi.
О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943-y.).
О‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti (1947 – 1952-yy.)
1915-yil 4-sentabrda Andijon viloyatining Shahrixon qishlog‘ida tavallud topgan.
1995- yil 18-dekabrda vafot etgan. Toshkent shahrida dafn etilgan.
О‘ZSSRda xizmat kо‘rsatgan fan va texnika arbobi (1960-y.)
Fan va texnika sohasida SSSR Davlat mukofoti laureati (1948-y.)
Beruniy nomidagi О‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1967-y.)
О‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (О‘ODU, 1936-y., hozirgi О‘zMU).
Mehnat faoliyati davomida О‘ODUda assistent, dotsent, kafedra mudiri, О‘ODU va ToshDU rektori, О‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va prezidenti, О‘zSSR oliy va о‘rta maxsus ta’lim vaziri, О‘zR FA prezidenti maslahatchisi bo‘lib va О‘zbekistondagi boshqa mas’uliyatli boshqaruv organlari lavozimlarida ishlagan.
170 dan ortiq ilmiy ish, shuningdek 8 ta monografiya muallifi.
10 fan doktori va 50 ta fan nomzodini tayyorlagan.
2002-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (vafotidan sо‘ng).