“Oʼzbekistonning Samarqand viloyati noyob va yoʼqolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlari kadastri (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar)” nashrdan chiqdi. Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti jamoasining ilmiy faoliyati natijasida tayyorlangan qoʼllanma "EFFECT-D" nashriyot uyida chop qilindi.
Qoʼllanma Samarqand viloyati noyob va yoʼqolib borayotgan umurtqali hayvonlar turlari kadastr maʼlumotlariga bagʼishlangan. Unda 5 turdagi sudralib yuruvchilar, 47 turdagi qushlar va 13 turdagi sutemizuvchilarning zamonaviy maqomi, hududiy taqsimlanishi, uchrash biotoplarining holati, mavjud xavflar va ularni muhofaza qilishga doir tavsiyalar keltirilgan. Turlar tavsifi hayvonlar uchratilgan joylari xaritalari bilan birgalikda ishlangan. Ushbu qoʼllanma zoolog mutaxassislar, ekologlar, ovshunoslar, talabalar, tabiatni muhofaza qilish xodimlari, shuningdek, Samarqand viloyati hududidagi noyob va yoʼqolib ketayotgan hayvonlar muhofazasi va holatiga qiziquvchilar uchun moʼljallangan.