Samarqand bo’ylab sayohat

Bugungi kunda jamiyatimizdagi barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlardan ko’zlangan maqsad mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, xalqimiz farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Shu jumladan, turizm sohasini rivojlantirish, yurtimizga chet ellik sayohatchilar oqimini kengaytirish va bu orqali jannatmakon O’zbekistonimiz madaniyatini butun jahonga namoyish etish hamda mamlakatimiz turizm salohiyatini yuksaltirish bo’yicha qilinayotgan ishlar ham bunga yaqqol misoldir.

Xususan, 18, 21-22-mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xodimlarining dam olish vaqtini maroqli o’tkazish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo’mitasi tashabbusi bilan dunyoga dong taratgan buyuk zotlar qo’nim topgan Samarqandga sayohat uyushtirildi. Imom al-Buxoriy ziyoratgohidan boshlanib Go’ri Amir, Hazrati Xizr, Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov yodgorlik majmualari, Registon maydoni hamda Mirzo Ulug’bek rasadxonasi bo’ylab davom etgan sayohat juda mazmunli va qiziqarli bo’lib o’tdi.