Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti olimlari “Oʼzbekiston madaniy merosi jahon toʼplamlarida” xalqaro multimediya loyihasi doirasida qator yirik ilmiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, Institutining "Tasviriy va amaliy bezak sanʼati" boʼlimi yetakchi ilmiy xodimi E.F.Gyul muallifligida “Rishton kulolchiligi” nomli kitob-albom oʼzbek va rus tillarida nashrga tayyorlandi. (hammualliflar Ye.Yermakova, L.Kodzayeva).
Unda butun dunyoga mashhur Rishton kulolchiligi hamda ustalari haqida toʼliq maʼlumotlar keltirilgan. Kitob-albom Rishton kulolchiligi rivoji bilan qiziquvchi mutaxassislar va keng ommaga moʼljallangan.
Kitob-albomda Rishton kulolchiligi ustalarining noyob merosi sifatli illyustratsiyalar bilan taqdim etilgan.
Mazkur kitob-albom sanʼatshunos olimlar hamda sohaga qiziquvchi keng omma orasida katta qiziqish uygʼotmoqda.