Qoraqalpog‘istonda “Noyabr o‘qishlari” akademik seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik B.S.Yuldashev rahbarligida Nukus shahrida «Noyabr o‘qishlari” akademik seminari o’tkazildi.

Kirish so‘zida O‘zR FA prezidenti, akademik B.S.Yuldashev 2019-yil 29-oktabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi va O‘zbekistonda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga keng ma’lumotlar berdi.

Seminarda O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlari ishtirok etdi. Seminarda 10 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi.

Akademik seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilm-fani rivoji yo‘lida samarali faoliyat olib borayotgan va yuksak ilmiy natijalarga erishayotgan professorlarning ma’ruzalari tinglandi.

Seminar yakunida O‘z RFA prezidenti, akademik B.S.Yuldashev shunday akademik-seminarlar an’anaviy tarzda barcha ilmiy-tadqiqot muassasalarida davom ettirilishini ta’kidlab o‘tdi.