Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tomonidan ishlab chiqilgan kichik oʼlchamli mobil qurilma qon plazmasidagi umumiy billirubin miqdorini reaktivsiz usul yordamida kam vaqt davomida baholash imkonini beradi.
Ushbu qurilma yordamida oilaviy poliklinikalarda va koʼchib yuruvchi mobil laboratoriyalarda qoʼllanish hisobiga odam organizmining sogʼligini belgilovchi asosiy organi boʼlgan jigarining ishlash samaradorligini ekspress ravishda tashxishlash mumkin.
Qurilmaning muhim xususiyatlaridan biri bu uning kichik oʼlchamliligi, mobil, yaʼni, dala sharoitida ham, qisqa vaqt oraligʼida va reagentsiz, qoʼshimcha kimyoviy moddalarsiz toʼgʼridan-toʼgʼri olishdadir. Qurilma energiya tejamkor boʼlib, dala sharoitida ishlashi uchun kichik oʼlchamli akkumulyatorlardan ham foydalansa boʼladi. Qurilmada 100 ta oʼlchash natijalarini saqlash imkoniyati ham mavjud.