Professor Аbdujabbar Аbduraxmanov

Professor Аbdujabbar Аbduraxmanov 1946-yil 9-sentyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi tizimida 50 yilga yaqin ilmiy faoliyat olib borgan. А. Аbduraxmanov 1977-yilda texnika fanlari nomzodi va 1992-yilda texnika fanlari doktori dissertatsiyasini yoqladi. Uning 164 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan boʼlib, shulardan 45 tasi chet el jurnallarida bosmadan chiqdi, u 8 ta patentlar muallifi.

Professor A.Аbduraxmanov 1987-yildan boshlab Katta Quyosh Qurilmasi optik energetik parametrlarini oshirish borasida nur qaytaruvchi koʼzgularni sozlash usullarini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, u koʼzgular sifatini nazorat qilish imkonini beruvchi stendlar yaratish bilan shugʼullandi.

Uning bevosita rahbarligida Katta Quyosh Qurilmasi energetik imkoniyatlariga mos holda materiallar eritish va sintez qilish imkoniga ega boʼlgan texnologik qurilmalari yaratildi. Yaratilgan qurilmalar yordamida olingan keramik materiallar respublikamiz sanoat korxonalarida foydalanilmoqda.

А. Аbduraxmonov direktorlik faoliyati davrida Materialshunoslik institutini rivojiga katta hissa qoʼshdi. Uning rahbarligida Misr, Hindiston, Аmerika, Fransiya, Germaniya, Rossiya kabi xorijiy davlatlardagi ilmiy tadqiqot markazlari va korxonalari bilan aloqalar oʼrnatildi. Shu bilan birga Institut ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan quvvati 1,5 kilovatt boʼlgan kichik Quyosh qurilmasi Hindiston davlatidagi Xaydarobod kukun metallurgiya instituti va Misrning Qohira shahrida joylashgan Tabbin metallurgiya institutiga oʼrnatildi.

Uning bevosita rahbarligida Katta Quyosh Qurilmasi energetik imkoniyatlariga mos holda materiallar eritish va sintez qilish imkoniga ega boʼlgan texnologik qurilmalar yaratildi. Ushbu qurilmalar asosida olingan materiallar negizida Materialshunoslik institutida respublika korxonalari buyurtmalari asosida turli keramik mahsulot chiqaruvchi keramika sexi yaratildi. Ishlab chiqilgan keramik materiallar asosida neft va gaz sanoati uchun qoʼllanuvchi keramik poʼkaklar, gazni tozalashda qoʼllanuvchi adsorberlar, filtrlar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi.

Professor A.Аbduraxmanov rahbarligi va bevosita ishtirokida Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida mavjud boʼlgan Katta Quyosh Sandonining optik va energetik holati yaxshilandi va jahonda mavjud boʼlgan Quyosh Pechlaridan qolishmasligi koʼrsatildi. А. Аbduraxmanov ilmiy rahbarligida 10 nafar fan nomzodi, 2 nafar fan doktori tayyorlandi.

Qobiliyatli olim, mehribon ustoz hamda tashkilotchi А. Аbduraxmanov shu yil 75 yoshni qarshilar edi. Professor Аbdujabbar Аbduraxmanov koʼplab shogirdlari, hamkasblari hamda yaqinlari xotirasida abadiy qoladi.

 

 

Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” IIChB Fizika-texnika hamda Materialshunoslik institutlari rahbariyati.