Polimerlar sohasida hamkorlik

Joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tashabbusi bilan  tashkil etilgan «Polimerlar haqidagi fanning istiqbollari» mavzusida O‘zbekiston-Rossiya Mikrosimpoziumi o‘tkazildi. Mikrosimpozium ishtirokchilari Polimer fanining istiqbolli yo‘nalishlari, polimerlar haqidagi nanofan sohasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston olimlari yutuqlari, sanoat tarmoqlari, polimerlarni olish, qayta ishlash va qo‘llash borasida ish yuritayotgan korxonalar, kompaniyalarning  ilmiy ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojlari. hamda  polimerlar  sohasiga  taaluqli muammolarga bag‘ishlangan ma’ruzalar bilan tanishdilar. 

  

Mikrosimpozium yakunlari bo‘yicha  bo‘lib o‘tgan davra suhbatida polimerlar haqidagi fan sohasidagi mavjud muammolarni hal etish, olimlarining ilm-fan, ta’lim yo‘nalishlarida  va tadqiqot natijalarini kommertsializatsiyalashda chambarchas, o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlik qilishlari yuzasidan muhokamalar olib borildi.  Umid qilamizki,  o‘tkazilgan Mikrosimpozium  Respublikamizda polimerlar haqidagi fanning yanada rivojlanishiga yoshlarning  ijodiy kamol topishi, ularning ilmiy salohiyatidan to‘laqonli foydalanish, o‘z kasbining haqiqiy egalari bo‘lishlari uchun  zamin yaratibgina qolmay Respublikalarimizda mazkur istiqbolli yo‘nalish – polimerlar haqidagi fanni rivojlantirish maqsadidagi Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikalari olimlari hamkorligini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.