Pavlovniya plantatsiyasi bo’yicha istiqbolli loyiha

Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi “Kimyo texnologiyasi, nanotexnologiyalar va qishloq xo‘jaligi” tarkibiy bo‘limi olimlari rais o‘rinbosari Quvondiq Nurboyev boshchiligida Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Sag Agro” mas'uliyati cheklangan jamiyatining in vitro laboratoriyasiga tashrif buyurib, laboratoriya rahbariyati va xodimlari bilan muzokaralar o‘tkazdilar. Natijada tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Navoiy bo‘limi olimlari va “Sag Agro” MChJ laboratoriyasi xodimlari o‘zaro bilim va tajriba almashish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni, jumladan, xalqaro loyihalarni amalga oshirishda bir-biriga ko‘maklashish borasida, jumladan, Laboratoriya tomonidan ilmiy loyihalarni olib borishda tajribalar o‘tkazish uchun sharoit yaratib berish, Bo‘lim tomonidan esa ushbu loyihalarni ilmiy qo‘llab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirishni kelishib olishdi.

 

Bo‘lim qoshida tashkil etilgan “Qizilqum” ilmiy-tadqiqot tajriba stansiyasi” davlat unitar korxonasi balansidagi Nurota tumanida joylashgan lalmi yerlarida pavlovniya plantatsiyasini tashkil etish loyihasi istiqbolli hisoblanadi. “Sag Agro” MChJning in vitro laboratoriyasi bilan memorandum imzolanishi ushbu loyihani amalga oshirishni bir qadamga yaqinlashtiradi.