Milliy bayram arafasida tarix fanlari doktori, prof. M.A. Raximovning “O`zbekistonning zamonaviy tarixi va xalqaro aloqalari” nomli kitobi chop etildi (-Toshkent: Fan. 2020. -192 bet).
Mazkur kitob fanlararo yondashuvlar asosida va keng materiallarni jalb qilingan holda zamonaviy tarixni o’rganish, siyosiy tizimni takomillashtirish, yangi O`zbekistonni isloh qilish, jahon siyosatining globallashuvi sharoitida O`zbekiston Respublikasining ikki va ko’p tomonlama xalqaro munosabatlarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi.