Maʼlumki, Oʻzbekiston aholisini barqaror narxlardagi ishonchli elektr energiyasi bilan taʼminlash, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan birinchi atom stansiyasini qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi va 2018-yil 7-sentabrda Moskva shahrida atom elektr stansiyalarini qurish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida hukumatlararo bitim imzolandi.
Shu munosabat bilan, 2018-yil 10-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida mamlakatimizda birinchi atom elektr stansiyasining qurilishi munosabati bilan Rossiya tajribasi va ilgʻor texnologiyalarga bagʻishlangan seminarboʻlib oʻtdi. Unda FA vitse-prezidenti S.Mirzayev va Yadro fizikasi instituti yetakchi olimlari, “Oʻzatom” agentligi bosh direktori J. Mirzamahmudov, tegishli vazirlik vakillari, oʻzbekistonlik mutaxassislar,“Rosatom” rahbariyati hamda Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (AEXA) ekspertlari ishtirok etishdi.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, samaradorlik va xavfsizlikda zamonaviy yondashuvlarni hisobga olgan holda atom elektr stansiyalari aholining turmush darajasi, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, mamlakatning ilmiy-texnik va kadrlar salohiyatining oʻsishiga sezilarli hissa qoʻshib kelmoqda.
Taʼkidlash lozimki,yadro stansiyalarini qurish uchun Oʻzbekiston VVER-1200 reaktorining avlodi «3+» zamonaviy Rossiya tajribalari asosidagi yadroviy texnologiyalarini tanladi, ular muvaffaqiyatli ravishda Rossiyada ham, xorijda ham qurilib, xalqaro xavfsizlik standartlari va AEXA talablariga toʻliq javob bera oladi.