“Oʻzbekiston-Qozogʻiston: Buyuk Yevrosiyo doirasidagi doʻstlik, sheriklik va ittifoqchilikning 30 yilligi” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi  Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha muvofiqlashtiruvchi markazi va Qozogʻiston Respublikasi “Yevrosiyo monitoringi” tahliliy tadqiqotlar markazi hamkorligida ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlangan xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi.

 

Unda azaldan doʻst, qardosh boʻlgan ikki mamlakat oʻrtasidagi tarix uchun qisqa, insoniyat uchun esa ulkan vaqt - 30 yil davomida Oʻzbekiston va Qozogʻistonning shonli doʻstlik yoʻli xususida qizgʻin fikrlar bildirildi.  Davra suhbatida ishtirok etgan olimlar hozirgi global barqarorlik kuchaygan sharoitda Qozogʻiston va Oʻzbekiston mintaqaviy oʻzaro munosabatlar tizimidagi oʻrni haqida alohida toʻxtalib, ilm-fandagi doʻstlik va hamkorlik bilan har qanday muammolarni bartaraf etish, ikki davlat oʻrtasida iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy rivojlanishlarni amalga oshirish mumkinligini eʼtirof etishdi. 

Bir soʻz bilan aytganda ushbu xalqaro davra suhbati Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik tajribasini dinamikada baholash (munosabtlarni har jihatdan tahlil etish), ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga qaratildi.