O‘zbekiston olima ayollari Forumi o'tkazildi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Wonder Women hamkorligida va Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ko‘magida tashkil etildi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Shavkatovna Mirziyoyeva ishtirok etib, olima ayollarni tabrikladi va bir guruh loyiha tanlovi g‘oliblariga sertifikatlarni topshirdi.

Shuningdek, Forumda Fanlar akademiyasi prezidenti Ayupov Shavkat Abdullayevich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovichlar so‘zga chiqib olimalarni bugungi ayyom bilan qutladi.

  

Forum dasturida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “Olima ayollar – 2024” loyihalar tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirish marosimi ham o‘tkazildi.

Forumda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Wonder Women hamkorligida hamda Osiyo taraqqiyot banki homiyligida tashkil etilgan “O‘zbekistonda ayollar fan sohasida” veb-saytining taqdimoti o‘tkazildi.

  

Maʼlumot o‘rnida: YuNESKO maʼlumotlariga koʼra, ayol-olimlar ulushi Rossiyada – 41%, Fransiyada – 26%, Germaniyada – 28%, Buyuk Britaniyada – 38%, Xitoyda – 37%, Janubiy Koreyada – 18%, O‘zbekistonda esa 48%ni tashkil qiladi.