O`zbekiston Fanlar akademiyasi Rossiya Fanlar akademiyasi delegatsiyasini qabul qildi

2018-yil 27-aprelda Rossiya Fanlar akademiyasining prezidenti boshchiligidagi Rossiya Fanlar akademiyasi delegatsiyasi O`simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, vitse-prezidentlari, O`simlik moddalari kimyosi instituti direktori, Polimer fizikasi kimyosi instituti, Bioorganik kimyo instituti va Umumiy noorganik kimyo instituti vakillari ishtirok etdilar.

  

O`simlik moddalari kimyosi instituti direktori prof. Sh.Sh.Sagdullayev muassasa faoliyati hamda u yerda yo`lga zamonaviy ishlab chiqarish bilan tanishtirdi. Keyin institut majlislar zalida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda tadqiqot sohalari va ilmiy hamkorlik bo'yicha takliflar, xususan, kimyo texnologiyalari, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi sohalari, amaliyot, aspirantura va doktorantura yo'nalishlarida yosh olimlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

  

Rossiya Fanlar akademiyasi prezidenti yosh olimlarning aspirantura va stajirovkadan o`tishi uchun ehtiyojdan kelib chiqqan holda qabul kvotalarini belgilab olishni, O`zR FA prezidenti esa har yili ikki davlat olimlari o`rtasida ilm-fanning turli sohalari muammolariga bag`ishlangan konferensiyalar o`tkazishni taklif etdi. Bu esa o`z navbatida yosh olimlar uchun o`ziga xos maktab vazifasini o`tashini ta`kidladilar.