O‘zbekiston – Eron: ilmiy hamkorlik yo‘lida

Fanlar akademiyasi Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonni FA vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova kutib oldi. Uchrashuvda FA Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Abbosxon To‘rayev, O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori, akademik Shomansur Sagdullayev hamda Ilg‘or texnologiyalar markazi xodimi Dilbar Dolimova ishtirok etdi.

 

FA vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova tizimdagi ilmiy tashkilotlar, ularning faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi. Fanlar akademiyasi o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidladi.
 Elchi janoblari Muhammadali Iskandariy ilm-fan jamiyat taraqqiyotining lokomativi, shu boisdan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash har ikki davlat uchun manfaatli ekanligini  ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda farmasevtika, genetika, mikrobiologiya, biotexnologiya  va IT kabi sohalarda hamkorlik qilish, kadrlar almashinuvi, ilmiy forumlar tashkil etish masalalari muhikama qilindi. Uchrashuv so‘nggida elchi janoblari samimiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirdi.