“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan Fanlar akademiyasida yangi О‘zbekiston - Belorus bilan dо‘stlik jamiyatlarini tashkil etish bo’yicha ta’sis majlisi o’tkazildi.
Chet mamlakatlar bilan do'stlik va madaniy-maʼrifiy aloqalarni zamon talablari asosida rivojlantirish, O'zbekiston hayotining turli jabhalarida erishilayotgan yutuqlarni chet ellarda keng targ'ib qilish, xorijiy mamlakatlar jamoatchiligini xalqimizning boy tarixi, madaniyati, adabiyoti va sanʼati bilan muntazam tanishtirib borish, xalq diplomatiyasi imkoniyatlaridan kengroq foydalanib dunyoning ko‘plab mamalakatlar bilan aloqalarimiz har sohada yanada rivojlanishi kutilmoqda.Bu kabi jamiyatlarni tashkil etishdan asosiy maqsad ham ana shunda. Do'stlik-ezgulikning elchisidir!