O'zbek olimi nufuzli ilmiy tashkilotga a'zo bo'ldi

O'zRFA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqulov Turkiyaning Otaturk nomidagi Madaniyat, til va tarix jamiyati a'zoligiga qabul qilindi.

 

Ushbu jamiyat nafaqat Turkiyada balki, butun dunyoda eng nufuzli ilmiy tashkilotlardan biri hisoblanadi. Jamiyat shafeligida O'zbekiston adabiyoti Turkiyada keng targ'ib qilinmoqda. Ikki mamlakat olimlari ishtirokida yigirmaga yaqin o'zbek dostonlari o'zbek va turk tillarida nashr etilgan. “Oychinor”, “Malika ayyor”, “Mashriqo”, “Rustamxon”, “Erali va Sherali”, “Xushkeldi”, “Balogardon”, “Dalli” kabi dostonlar shular jumlasidandir. Qolaversa, o'zbek folkьlorida muhim ahamiyatga ega yana 30 dan ortiq doston chop etilishi rejalashtirilgan.

 

Bu O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi adabiy ilmiy aloqalar mustahkamlanib borayotganligidan dalolatdir.