Oʼtkir Hoshimov ijodiga bag’ishlangan respublika ilmiy konferensiyasi tashkil etildi

Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi Oʻtkir Hoshimov. Bu yozuvchi haqida gap ketganda ko’z o’ngimizda birinchi navbatda o’sha mashhur “Dunyoning ishlari”, “Ikki eshik orasi” asarlari gavdalanadi. Darhaqiqat, yozuvchi o’zidan katta ijodiy meros qoldirgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbek til, adabiyoti va folьklori institutida “Oʼtkir Hoshimov ijodining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati” mavzuidagi respublika ilmiy konferensiya tashkil etildi. Unda taniqli adabiyotshunos olimlar, doktorantlar, oliy ta’lim muassasalari tadqiqotchilari ishtirok etdi.

 

Konferensiyada Oʼtkir Hoshimov ijodining turli qirralari, yozuvchi ijodining bugungi oʼzbek adabiyotida tutgan oʼrni, davr muammolarining yozuvchi ijodida aks etishi, yozuvchining hikoya, qissa va romanlaridagi milliy kolorit, doʼstlik, sevgi va sadoqat, xalqlar doʼstligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, diniy maʼrifiy, satirik va yumaristik jihatlari, obrazlar tizimi kabi masalalar aks etgan ma’ruzalar tinglandi va o’zaro fikr almashildi.