O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Orolbo‘yi tarixi va arxeologiyasi” (“История и археология Приаралья”) to‘plami nashr etildi.
To‘plamda Orolbo‘yi va unga tutash hududlarda olib borilgan хronologik jihatdan keng qamrovli – antik davr yodgorliklaridan tortib to hozirgi davrgacha arxeologik, tarixiy, etnografik tadqiqotlar natijalari aks ettirilgan. Aholi punktlarining joylashuvi va topografiyasi, arxitektura tarixi, hunarmandchilik texnologiyasi, shuningdek, mafkuraviy qarashlarning rivojlanishi va etnografik tadqiqotlar yoritilgan.
To‘plam arxeologlar, tarixchilar, etnograflar va universitetlarning tarix fakultetlari talabalari hamda Markaziy Osiyo tarixiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
To‘plamda Markaziy Osiyo muammolari ustida ish olib borayotgan ham mahalliy, ham xorijiy tadqiqotchilarning asarlari taqdim etilgan.
To‘plam ijtimoiy-gumanitar fanlarni, jumladan, mintaqa tarixi, arxeologiyasi va etnografiyasini o‘rganishda asosiy yoki yordamchi manba bo‘lib xizmat qiladi.