Ochiq muloqot: Fanlar akademiyasi prezidenti Xorazm Ma'mun akademiyasida

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov Xorazm Ma'mun akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Akademiya faoliyati, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va kelajakdagi ustuvor yo'nalishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, fundamental va amaliy tadqiqotlar o'rtasidagi bog'liqlikni mustahkamlash va innovatsion loyihalarni amaliyotga yanada ko‘proq joriy etishga alohida e'tibor qaratildi.
Tashrif davomida Ma'mun akademiyasida ishlayotgan olimlar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot ham bo'lib o'tdi. Ilmiy faoliyatni rivojlantirish, grantlarni qo'llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik va ilmiy natijalarni tijoratlashtirish bo'yicha bir qator takliflar va tashabbuslar ilgari surildi.

 

Akademik Shavkat Ayupov o‘z nutqida yoshlarning ilm-fandagi o‘rni beqiyosligini, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ilmiy izlanishlarga keng jalb etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini, ayni damda Davlatimiz Rahbari tomonidan qabul qilingan PQ-390-sonli qarorning asosiy mazmuni va podevori ham yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilganligini alohida ta’kidladi.

Ushbu tashrif Mamun akademiyasida ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, ilmiy xodimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash hamda fan va innovatsiyalar sohasida yangi istiqbollarni aniqlash uchun muhimdir.