“Nizomiy Ganjaviy va Аlisher Navoiy madaniyat, adabiyot kunlari” ilmiy-badiiy tadbir o`tkazildi

Bugun, 2-dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Аbu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Oʼzbekistondagi Haydar Аliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi, Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti, Oʼzbekiston-Ozarbayjon Doʼstlik jamiyati, Oʼzbekistonning Turon kutubxonasi va Turon akademiyasi hamkorligida “Nizomiy Ganjaviy va Аlisher Navoiy madaniyat, adabiyot kunlari” oʼtkazildi.

Tadbir doirasida Nizomiy Ganjaviy va Аlisher Navoiy qoʼlyozma asarlari koʼrgazmasi hamda nashrlari taqdimoti tashkil qilindi.

 

 

Tadbirning ochilish marosimida Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi Аbu Rayhon Beriniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori, professor Bahrom Аbduhalimov, Oʼzbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori, faxriy madaniyat xodimi Samir Аbbosov, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi rasmiysi, boʼlim boshligʼi Аkif Marifli, Ozarbayjondagi Otaturk markazi direktori, Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi akademigi Nizamiy Jafarov nutq soʼzladi.

Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan olimlar oʼzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Bundan tashqari, tadbir davomida OʼzR FА Sharqshunoslik instituti va Ozarbayjon Madaniyat markazi hamkorligida tayyorlangan nashr taqdimoti ham boʼldi. Taqdimotni filologiya fanlari nomzodi, Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Salimaxon Eshonova oʼtkazdi.