Navro'zi olam qutlug' bo'lsin!

Navro'z – xalqimizning ma'naviy dunyosini, azaliy ozru-umidlarini, turmush tarzini namoyish etadigan, mehr-muruvvat, insonparvarlik, go'zallik, yosharish va yangilanish kabi fazilatlarni o'zida mujassam qilgan bayram.

Navro'zi olam – sharqona yangi yil. U bahordek go'zallik va nafosatni o'zi bilan birga xalqimizning ongu tafakkuri, qalb-shuuriga singib ketuvchi, xonadonlarimizga shodu xurramlik olib keluvchi aziz va qadrli milliy bayramimizdir.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rahbariyati va jamoasi barchani shu kunlarda yurtimizda keng tantana bilan nishonlanayotgan Navro'z bayrami bilan muborakbod etadi! Tilagimiz – hamisha el-yurtimiz, xonadonlarimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonlarimiz to'kin, rizqimiz butun bo'lsin!