Navoiy bo‘limi o‘z ishlanmalarini yarmarkada namoyish etmoqda

Joriy yilning 27-may kuni Buxoro shahrida “Hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi” o‘z ishini boshladi. Unda qurilish materiallari, to‘qimachilik, neft va gaz sanoati, turizm uchun mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako‘lchilik sohalari keng namoyish etilmoqda.

 

Ushbu yarmarkada FA Navoiy bo‘limi xodimlari va doktorantlari ham quyidagi o‘z ishlanmalari va mahsulotlar namunalari bilan ishtirok etmoqda. Mahalliy xom ashyo bo‘lgan Vaush koni dolomitlaridan olingan import o‘rnini bosuvchi magniy oksidi (magnezit). Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish va suv tejamkorligiga erishishda mahalliy xom ashyo bo‘lgan bentonit gillaridan foydalanish texnologiyasi. Qurilish va shisha sanoatida xom ashyo sifatida keng foydalaniladigan Navoiy viloyati Navbahor tumani Yangi Vaush koni kvars qumlari. Neft-gaz quduqlarini burg‘ulashda faol yuvuvchi suyuqliklar sifatida foydalaniladigan mazkur konning bentonit gillari hamda ushbu gillar asosida import o‘rnini bosuvchi yog‘larni tozalovchi sorbentlar. Mahalliy xom ashyolar asosida tayyorlangan neft-gaz quduqlaridan chiqayotgan gazlarni oltigugurtdan tozalashda faol bo‘lgan seolit minerali xususiyatini beradigan kompozision material granulalaridir.

Tadbir ishtirokchilari Bo‘limning ishlanmalariga qiziqish bildirib, savollariga batafsil javob olmoqdalar.

Yarmarka 29-mayga qadar davom etadi.