Muzokaralarning ikkinchi bosqichi

Аvval xabar berganimizdek, Joriy yilning iyulь oyida Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi raisi Аbdurazak Mirzaev Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro forumida ishtirok etib, ishbilarmon doirlari vakillari bilan bir qancha ikki va uch tomonlama muzokaralar oʼtkazgan edi. Ushbu kunlarda Xitoyning “Foydali qazilmalarni qidirish boʼyicha “OYaSА” Sinzyanь kompaniyasi” direktori Renxu Vang oʼzining oʼrinbosari Djanlin Gao bilan birgalikda javob tashrifi bilan Navoiy shahrida keldilar.
21 avgust kuni Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimida “Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi direktori Xabib Аbdullaev, Navoiy viloyati hokimimning investitsiya va innovatsiyalar boʼyicha maslahatchisi Nazirjon Joʼraev, Navoiy boʼlimi ilmiy kotibi Quvondiq Nurboev hamda yuqorida koʼrsatib oʼtilgan xitoylik tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi.


Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan mehmonlarning taʼkidlashicha, xitoylik ishbilarmonlar bizning mamlakatimiz rahbariyati tomonidan biznes yuritish va biznes ishini ochishdagi korrupsiyani yoʼqotish va bu sohadagi byurokratiyani kamaytirish borasida olib borilayotgan islohotlarni qoʼllab-quvvatlaydi va bu oʼz navbatida xorijiy investorlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
Xususan, uchrashuvdan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Oyasa-Qizilqum” Oʼzbek-Xitoy qoʼshma korxonasini tashkil qilishning istiqbollari toʼgʼrisida gapirildi. Mazkur korxonaning asosiy vazifalaridan biri xozirgacha maʼlum boʼlgan zahiralari tasdiqlanmagan va davlat reestriga kirmagan foydali qazilmalar joylashgan hudud toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni toʼplash, shu jumladan geologiya qidiruv ishlarni oʼtkazish keyinchalik tegishli litsenziyani olish orqali qazish ishlarini tashkil qilish hamda yangi istiqbolli maʼdan koʼrinishlarini izlash maqsadida geologiya qidiruv ishlarini oʼtkazish.


Ushbu qoʼshma korxona Xitoy Xalq Respublikasida boʼlib oʼtgan anjumanda kelishilganidek ikki mamlakat olimlari va ishbilarmonlarini birlashtirishning istiqbolli mexanizmini hayotgan tadbiq etish maqsadida shakllantiriladigan Xitoydan keladigan investitsiya patoklarini muvofiqlashtiruvchi Oʼzbek-Xitoy informatsion-analitik markazning asosiy oʼzagi hisoblanadi. Bu holatda oʼzbek tomonidan Fanlar akademiyasi Navoiy boʼlimi ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan loyihalarni tanlab oladi va Xitoyliklarga taklif qiladi, Xitoy tomonidan esa “OYaSА” kompaniyasi bu materiallar boʼyicha oʼz tillarida patentsial investorlarga taqdimot qilib beradilar. Bu yerda yana bir boshqa sxema ham ish berishi mumkin yaʼni Oʼzbekistonda oʼz ishini boshlamoqchi boʼlgan Xitoylik ishbilarmon uchun qaysi sohada boʼlishidan qatʼiy nazar uning qiziqishi va mavjud kapitaliga mos keladigan loyihani tanlab berish, shu jumladan qishloq xoʼjaligida va turli ishlab chiqarishi sohalarida.
Muzokaralar jarayonida ishtirokchilar yaqin oylarda qoʼshma karxona tashkil qilishi boʼyicha kelishuvga erishdilar. Faqat avval ikkala tomonninig qiziqishlari va himoya qilish uchun yana manfaatlar kesishgan nuqtalarni izlab topish zarurligi toʼgʼrisidagi fikrga kelindi, har ikkala tomon ham ijobiy va qatʼiy pozitsiyaga hohish bildirishdi.
Bundan tashqari Xitoylik doʼstlarning tashrifi dasturiga Navoiy erkin iqtisodiy zonasiga va dunyodagi eng katta oltin maʼdanli “Muruntau” kareriga borish kiritilgan.
Fevzi Istablaev,
Navoiy boʼlimi matbuot kotibi.