Muzeylararo hamkorlik

2019-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Belarus Respublikasi Milliy badiiy muzeyi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 

Imzolangan ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasida madaniyat va san’atni rivojlanishini har tomonlama targ‘ib etish va o‘zaro yaqin aloqalarni o‘rnatish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga  qaratilgan. Shartnoma doirasida hamkorlikda ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish, eksponatlarni  restavratsiya qilish bo’yicha tajriba almashish va vaqtinchalik ko‘rgazmalarni tashkil etish ko’zda tutilgan.