2021-yil 25-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyida “Moddiy-maʼnaviy meros va umumbashariy qadriyatlar” mavzusida anʼanaviy Respublika ilmiy-amaliy anjumani boʼlib oʼtdi.
Аnjumanda muzeyshunoslik, tarix, arxeologiya, etnografiya, sanʼatshunoslik va pedagogika kabi turli yoʼnalishlarda izlanishlar olib borayotgan yosh olimlar, ilmiy xodimlar, mutaxassislar ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Аnjuman ishida nomoddiy madaniy meros boʼlgan ogʼzaki anʼanalar va ifoda shakllari, til, ijro sanʼati, urf-odatlar, marosimlar, bayramlar boʼyicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari, yoshlarni muzey kolleksiyalarida saqlanayotgan madaniy boyliklarni asrash, tiklash va targʼib etish, ilmiy muomalaga kiritishda faol ishtirok etishga jalb qilish, madaniy-maʼnaviy merosni saqlash, tadqiq etish va roʼyxatga kiritish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqishga bagʼishlangan mavzularda maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.