O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining fizika-matematika va texnika fanlari bo'yicha vitse-prezidenti (2017-yildan hozirgi vaqtgacha)
Fizika-matematika fanlari doktori, professor
1968-yil 25-oktyabrda Surxandaryo viloyati Termiz tumanida tavallud topgan.
1990-yilda Termiz davlat pedagogika institutini (hozirgi kunda Termiz davlat universitetini) tamomlagan.
O’zR FA Issiqlik fizikasi bo’limi kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodim, etakchi ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, Germaniya Federativ respublikasi Gettingen Universiteti ilmiy xodimi, I.M.Gubkin nomidagi neft va gaz RDU Toshkent filiali fan bo’limi boshlig’i, Toshkent davlat texnika universiteti laboratoriya mudiri, O’zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlagan. 219 dan ziyod ilmiy ishlar, jumladan 2 ta monografiya 2 ta ixtiro va 5 ta EHM uchun dasturlar muallifi.
2 nafar fan doktori va 2 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan.