Filologiya fanlari doktori Manzura Otajanovaning “Mifologizm va badiiy mahorat” nomli monografiyasi nashr etildi.
Mazkur monografiyada neomifologizmlarning poetik tafakkur yangilanishiga asos beruvchi muhim estetik vositalar sifatida qoʼllanilishida mushtarak hisoblangan universal mifologemalarni qoʼllash hamda arxaik mifologiyaga oid syujet, obraz va metaforik atributlar asosida “mifosxema”ni yaratish usuli badiiy-estetik tafakkur taraqqiyoti uchun asos-mohiyat kasb etishi; oʼzbek romanlarining badiiy konteksti va syujet-kompozitsion qurilishida muhim semantik funktsiya bajaruvchi mifologizmlar arxaik ishonch-eʼtiqodlarga aloqador mifologik arxetiplar diffuziyasi, mifologik syujet va motivlar stilizatsiyasi, jahon xalqlari mifologiyasi elementlarining transformatsiyasi kabi tiplardan iboratligi ochib berilgan.