Matematika fanini oʼqitishda hamkorlik

2020-yil 3-dekabr kuni O’zR FА Matematika instituti direktori oʼrinbosari Gʼolibjon Botirov, katta ilmiy xodim Erkinjon Karimov, Toshkent Xalqaro taʼlim universiteti rektori Ulugʼbek Qosimxodjayev va Finlandiyaning Oʼzbekistondagi faxriy konsuli Аlisher Joʼrayevlar ishtirokida Finlandiyaning Skill Grower (https://www.skillgrower.com/vanhemmille) onlayn platformasi asoschisi Pasi Savola bilan onlayn muloqot oʼtkazildi.

Onlayn muloqotda Finlandiyada matematika fanini oʼqitishda innovatsion yondashuvlarni oʼrganish va ularni Oʼzbekiston taʼlim tizimiga joriy etish borasida oʼzaro fikr almashildi.