Markaziy Osiyodagi yirik zoologiya kolleksiyasi

O‘zR FA Zoologiya instituti kolleksiyasi - Markaziy Osiyodagi eng katta kolleksiyalardan biri hisoblanadi. Bu kolleksiya O‘zbekistonning milliy boyligidir.

  

Kolleksiya fondida 1935-yildan hozirgi kungacha to‘plangan hasharotlar, gidrobiontlar, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar namunalari mavjud bo‘lib, ular O‘rta Osiyo hayvonot dunyosining 11 ming turlariga oid 93 mingdan ortiq namunalarni tashkil etadi.

  

Bu yirik kolleksiya Entomologiya, Gidrobiologiya, Ixtiologiya, Gerpetologik Teriologiya Ornitologiya Parazitologik kollektsiyalarni o‘z ichiga oladi.