Islom sivilizatsiyasi markazida "Markaziy Osiyo: umumiy ma'naviy, ma'rifiy meros va umumiy kelajak" nomli xalqaro kongress doirasida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondan kelgan mehmonlari uchun Markaz ekspozitsiyasi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.


Shundan so'ng "Markaziy Osiyo: umumiy ma'naviy, ma'rifiy meros va umumiy kelajak" kongressiga start berildi.
Kongressni Islom sivilizatsiya markazi direktori Firdavs Abduhaliqov ochib berdi. Markaziy Osiyo davlatlari tarixchilarining kongressi ochilishida Markaziy Osiyo davlatlari Fanlar akademiyasi prezidentlari muloqoti o'tkazildi.

Mazkur kongress Islom sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va respublikamizning madaniyat-ma'rifiy sohalariga mas'ul bo'lgan vazirlik va idoralar hamkorligida o'tkazilmoqda.
Kongress 15-noyabrga qadar davom etadi.