Fanlar akademiyasi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi markazi bo‘lim mudiri, siyosiy fanlar doktori V.V. Paramonovning “Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya va Xitoy bilan o‘zaro aloqalari: nazariyadan amaliyotga” nomli monografiyasi ilk marotaba xitoy tilida nashr etildi.
Mazkur monografiyada 1991-2021-yillarda Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston)ning Rossiya va Xitoy bilan munosabatlari kompleks tarzda hamda fanlararo miqyosda o‘rganilgan. Ishda tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning xalqaro miqyosdagi ilmiy rivojlanish darajasi va asosiy natijalari bayon etilgan. O‘rganilayotgan masalalar nazariy, uslubiy va tarixnavislik kontekstiga tadqiq qilingan.
Monografiyada, shuningdek, mintaqa davlatlarining Rossiya va Xitoy bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama munosabatlari siyosat, xavfsizlik va iqtisodiyot sohalarida muayyan tarmoqlar darajasida oʻrganilgan.